“Milliy tiklanish” partiyasi poytaxt hokimi v.b. Shavkat Umurzoqovning Toshkentda 500 gektar joy renovatsiyaga tushgani haqidagi xabariga munosabat bildirdi. Partiya dastur mulkdorlar roziligiga asoslanishi, jamoatchilik muhokamalaridan o‘tishi va renovatsiya to‘g‘risida qonun bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Akmal Rasulov Toshkent shahri Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Shu paytga qadar u boshqarma raisi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Yashnobod tumanida 3 ta avtomobil ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi sabab 3 kishi voqea joyida halok bo‘ldi. Yana 5 kishi shifoxonaga yotqizildi.
Tarmoqlarda Toshkentdagi mahallalardan birida noma’lum shaxslar uch kun davomida yashirib ketilgan narkotiklarni izlayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Poytaxt IIBB hozirda 28 kishi ushbu holat bo‘yicha ko‘rsatma bergani va tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.
Toshkent shahri kengashi Abdumavlon Qosimovning deputatlik vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. U kengash kotibiyati rahbari sifatida ishlagan hamda faoliyati cheklangan ijtimoiy tarmoqlar va veb-saytlar ishini nazorat qilgan.
16 noyabr kunidan boshlab poytaxtdagi ko‘chalarni yoritish tarmoqlari «vaqtincha elektr energiyasi iste’molini cheklash rejimi»ga o‘tkaziladi.
Toshkent shahar moliya bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxtning 1-yarim yillikdagi daromadlari 3,2 trln so‘mni tashkil etib, mahalliy budjetda prognozdan tashqari 412,5 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘ qolgan. Tumanlar kesimida eng yuqori foyda Olmazor, Yunusobod va Yashnobodda qayd etilgan.
5 oktabr kuni ta’mirlash ishlari sabab poytaxtda Mirobod, Bektemir, Chilonzor tumanlarining turli ijtimoiy obyektlari va ishlab chiqarish korxonalari tabiiy gazdan uziladi. Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida 45 mingga yaqin aholi xonadonlariga vaqtincha tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.
30 avgustda piyoda yuqori tezlikda harakatlanib kelayotgan Nexia-3 avtomobili urib yuborishi oqibatida voqea joyida vafot etdi. YTHni sodir etgan shaxs Toshkent shahar ma’muriy sudi sudyasining katta yordamchisi ekani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
19 avgust kuni Turkiyaning Konya shahrida bo‘lib o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasini kutib olish maqsadida soat 18:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan vaqtda poytaxtning bir necha ko‘chalari avtomobillar harakati uchun yopiladi.
Toshkentning Sergeli tumanidagi bir qator mahallalarda 10 avgust kuni soat 10:00 dan boshlab ichimlik suvi to‘xtatiladi. Yangihayot tumanida esa suv bosimi pasayadi. Jadval.
25−26 iyun kunlari «Yangi nafas» yoshlar marafoni o‘tkazilishi munosabati bilan poytaxt markazidagi ayrim ko‘chalar soat 18:00 dan ertasi kuni 10:00 gacha yopiladi.
205 mln dollarga kamaygan O‘zbekiston zaxiralari, xushmuomala YPX xodimlarini Lacetti, Nexia, Spark bilan mukofotlashni taklif qilgan poytaxt hokimi, O‘zbekistonga kirayotgan diniy materiallarning ham gologramma bilan tamg‘alanishi, avtomaktablarda qimmatlashgan o‘qish narxlari, haftaning birinchi yarmida kutilayotgan yomg‘ir va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 18 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev YPX xodimlari uchun «Eng yaxshi yo‘l harakati xavfsizligi xodimi» tanlovini o‘tkazishni taklif qildi. Bunda xodimlar faoliyati haydovchilarning ovoz berishi yo‘li bilan baholanadi. Eng yaxshi 3 nafar xodim Lacetti, Nexia va Spark mashinasi bilan taqdirlanadi.
Aleksey Xen Toshkent hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U o‘zi ishlab kelayotgan Raqamli rivojlanish departamentiga rahbar bo‘ldi.
Toshkentda iliq kunlar boshlangani munosabati bilan 1 apreldan issiqlik ta’minoti o‘chiriladi.
Toshkent ko‘chalaridan biriga Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomi berilishi kutilmoqda. Mazkur nom ostidagi ko‘cha avval ham bo‘lgan, u 2011 yilda Zarafshon ko‘chasi etib o‘zgartirilgandi.
Toshkent shahar hokimligi Bobur ko‘chasida qatnov qismini ajratib turuvchi yashil maydonlar joyiga qaytarib qo‘yilishini ma’lum qildi. Ushbu yashil maydon 2016 yilda yo‘q qilinib, uning o‘rniga betondan yo‘l ajratmasi bunyod etilgandi.
Poytaxtning 12 tumanida 24 soat faoliyat olib boruvchi kovid-poliklinikalar o‘z ishini boshladi. Bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida ushbu poliklinikalar rentgen, kislorod kondensatorlari, pulsoksimetr, PZR-test, zarur dori-darmonlar bilan ta’minlangan (ro‘yxat).
Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtning uchta tumani hokimlarini jarimaga tortdi. Tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi reytingidan kelib chiqib, uch nafar hokimga esa ustama belgilandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting